Jamiyat | 15:20 / 16.03.2017
9007
2 daqiqa o‘qiladi

Joli «internatsionalizm alangasi»ni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Amerikalik aktrisa, BMTning qochqinlar bo‘yicha maxsus elchisi va jamoat faoli bo‘lmish Anjyelina Joli «internatsionalizm alangasi»ni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. Bu haqda E! Online xabar tarqatgan.

U Iroqda 2003 yili halok bo‘lgan diplomat Serjiu Viyeyra di Mellu nomidagi jamg‘armaning Jyenevada o‘tkazilgan tadbirida qilgan chiqishida shu haqda gapirgan.

Joli vatanparvarlik niqobi ostida millatchilik to‘lqini o‘sib borayotganidan tashvish bildirib o‘tgan. U shunday holatlar kuzatilayotganiga qarshilik qilayotgan jahon hamjamiyatini tanqid qilib, odamlarni agar rahbariyat «qo‘l qovushtirib tursa», «internatsionalizm alangasi»ni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan.

Bundan tashqari, u BMT qadriyatlariga sadoqat saqlab qolish zarurligini e'tirof etgan. 

«Biz BMTmiz. Dunyoda xavfsizlik va tinchlikni ta'minlovchi qisqa yo‘l mavjud emas. Men g‘ururli amerikalik va internatsionalistman», – deya uning so‘zlarini keltirgan Just Jared.

Bundan oldinroq ushbu aktrisa Trampning qochqinlarga qarshi farmoniga qarshi chiqqandi.

Mavzuga oid