Jahon | 21:35 / 18.03.2017
6789
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt amiri Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi

Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad 19 mart kuni Turkiyaga o‘zining 4 kunlik rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Rasmiy tashrif davomida u prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar olib boradi.  

Siyosatchilar mintaqadagi so‘nggi voqealar va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash yo‘llarini muhokama qilishadi. 

Kuvayt axborot agentligining xabar berishicha, shayx Sabohning Turkiyaga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorligini yanada kengaytirishga bo‘lgan qiziqishning bir qismidir.  

Eslatib o‘tamiz, Kuvayt va Turkiya 1970 yilda diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va aynan shu yili transport sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzolagan. 

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid