Jahon | 19:55 / 19.03.2017
25588
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uyda Tramp nima uchun Merkelga qo‘l bermaganiga izoh berildi

Oq uy rasmiysi Shon Spayserning ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Oval xonasidagi uchrashuvi vaqtida unga qo‘l berib ko‘rishmagani sababi, uning ovozini eshitmaganidadir. Bu haqda Germaniyadagi Spiegel nashri xabar tarqatdi.

Nashrning qayd etishicha, o‘sha vaqtda fotosuratchilar ikki siyosatchidan bir-birining qo‘lini siqishini so‘ragan, Merkel xonim Trampga bir necha bor qo‘l berishini so‘rab, murojaat qilgan. Ammo AQSh prezidenti unga o‘girilib qaramagan. Merkel xonim bu vaqtda o‘ta taajjubga tushgan, uning yuzidan shunday so‘zlarni uqish mumkin edi: «Yo‘q bo‘lsa, yo‘qda».

17 mart kuni ro‘y bergan ushbu hodisa OAVda keng muhokamalarni keltirib chiqardi, ko‘pchilik Tramp buni ongli ravishda qilgan degan fikrlarni bildirdi.

«Men u bu savolni eshitgan edi deb o‘ylamayman», — degan Spayser. U bu holatga ilk rasmiy munosabatni shu tariqa bildirdi.

Tramp Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng Merkel bilan ko‘rishmadi

Tramp Angela Merkel bilan qo‘l berib ko‘rishgani aks etgan fotoni e'lon qildi

Mavzuga oid