Toshkentda yangi ko‘prik ochildi. Mashinalar qatnovi yana tiklandi
Toshkent metropolitenining Novza metro bekati chorrahasida barpo etilgan yangi avtomobil ko‘prigi va uning ostidan o‘tuvchi Muqimiy ko‘chalari bo‘ylab avtomobil harakatlanishiga ruxsat berildi. Bugun 25 mart soat 12:00dagi holatga ko‘ra, avtomobillar harakatlanmoqda. Hozircha, Bunyodkor shoh ko‘chasining Chilonzor tomondan keluvchi yo‘nalishida harakat tiklanmagan.
Yangi olti qatorlik yo‘l o‘tkazgich uzunligi 900 metrni, eni 24 metrni tashkil etadi. Unga parallel ravishda ikkita, har biri 131,6 metrlik piyodalar uchun mo‘ljallangan tomi yopiq yer usti ko‘prigi ham barpo etildi. Piyodalarga qulaylik sifatida ularga eskalator va lift ham o‘rnatilgan.
Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev 25 mart kuni tushdan so‘ng ushbu hududda bajarilgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurishi borasida ma'lumotlar borligi haqida xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri va mehmonlari, shuningdek, ko‘prik tevarak atrofida istiqomat qiluvchi aholiga xizmat qiluvchi ko‘prikni foydalanishga topshirish muddati 21 mart – Navro‘z kuniga belgilangan edi. Biroq, bayramdan bir necha kun avval ko‘prik bayramda ochilmasligi aniq bo‘lib ulgurdi.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024