Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi
Dubay shahrida, osmono‘par Burj-Xalifa minorasi yaqinida qurilayotgan baland inshootlardan biriga o‘t ketdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi.
Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 5:30da boshlangan (Toshkent vaqti bilan soat 6:30). Aniqlik kiritilishicha, 60 qavatli Address Residence Fountain Views majmuasida yong‘in chiqqan. Ushbu bino Dubai Mall va Address Hotel mehmonxonalari o‘rtasida joylashgan. Bu 2016 yilning yanvaridan buyon ro‘y bergan eng yirik yong‘in bo‘ldi.
Voqea joyiga o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam xizmatlari yetib kelgan, hukumat atrofdagi yo‘llarni yopgan.
Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025