O‘zbekistonda zirhli harbiy texnikalarni ta'mirlash markazlari tashkil etilishi mumkin
O‘zbekistonda Rossiya harbiy texnikalari, xususan, T-72 va T-62 kabi zirxli tanklarni ta'mirlash bo‘yicha Rossiya bilan hamkorlikda servis markazlarini tashkil etish masalasi muhokama qilinmoqda.
Bu haqda Rossiyaning Federal majlisining rasmiy «Parlamentskaya gazeta»si Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati direktorining o‘rinbosari Vladimir Drojjov so‘zlariga asoslangan holda yozmoqda.
Uning aytishicha, hozirda O‘zbekistonda "O‘zRosavia" qo‘shma korxonasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Bu korxona qurol-aslaha va harbiy texnikalar, aniqrog‘i vertolyotlarni ta'mirlash bilan shug‘ullanadi.
Drojjovning qayd etishicha, O‘zbekistonda "T-72 va T-62 tanklari juda ko‘pdir. O‘zbekiston esa ularni ta'mirlash va modernizatsiya qilishdan manfaatdor".
Mavzuga oid
13:10
Rossiya O‘zbekistonda o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari ishlab chiqaradi
10:50
RF 2025 yilda urush uchun rekord darajadagi 13,5 trln rubl ajratadi
08:50
Putin RF Xavfsizlik kengashi tarkibini 35 kishigacha kengaytirdi
23:53 / 30.09.2024