Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda noqonuniy qurol saqlagan fuqarolar aniqlandi
O‘tkazilayotgan turli profilaktik tadbirlarga qaramasdan, noqonuniy qurol saqlayotganlar hamon uchrab turibdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Xususan, Zomin tumanida istiqomat qiluvchi Nurbek Do‘sanov yashash xonadonidan 500 metr yuqorida joylashgan tog‘ toshlari orasida marhum otasidan qolgan ov qurolini qonunga xilof ravishda saqlab kelgan.
Tezkor tadbirda uning qilmishi fosh etildi. Sud ballistik ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, ushbu ov quroli 1961 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, otish uchun yaroqli ekan. Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan N.Do‘sanov sud tomonidan eng kam ish haqining 40 baravari miqdorida jarimaga tortildi.
Shu tumanda yashovchi Alijon Oqqulovning ham uyidan o‘qotar qurol topildi. U bu qurolni bir tanishidan kelishuv asosida olgan ekan. Alijon qurolni o‘ziga tegishli fermer xo‘jaligining chorva mollari xashakxonasida saqlab kelgan. U ham qonunga muvofiq jazoga tortildi. Ish yuzasidan olingan ov quroli tegishli tartibda IIBga topshirildi.
Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
13:37 / 17.05.2025