Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyadagi mehmonxona Tramp va uning jamoasini qabul qilishdan bosh tortdi
Hamburgdagi hashamatli Vier Jahreszeiten mehmonxonasi iyul oyida o‘tkaziladigan G20 sammiti vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning jamoasini qabul qilishdan bosh tortdi. Bu haqida Hamburger Abendblatt xabar beradi.
Nashrning ma'lum qilishicha, Tramp ma'muriyati 7-8 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan "Katta yigirmatalik" sammiti vaqtida mehmonxonadan joy buyurtma qilishni rejalashtirgan edi, biroq rad javobini olishdi. Nima uchun aynan bunday javob olingani noma'lum. Vier Jahreszeiten vakillari mazkur ma'lumotga izoh berishni istashmadi.
Tadbir tashkilotchilari xabar qilishicha, Amerika rahbari sammit vaqtida Berlindagi Adlon mehmonxonasiga joylashtirilishi mumkin. Biroq hozircha Vashingtondan bu taklifni ma'qullovchi murojaat kelmadi.
Umumiy qiymatda siyosatchilar, jurnalistlar va kuzatuvchi shaxslar uchun 6-9 iyul kunlari sammit vaqtida qariyb o‘n mingdan ortiq xonalar tayyorlangan.
Mavzuga oid
11:54 / 24.05.2025
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
11:10 / 24.05.2025
Sud Trampning Ta’lim vazirligini yopishga urinishini blokladi
09:35 / 24.05.2025
Sud Trampning Harvardga xorijliklarni qabul qilishni taqiqlash qarorini blokladi
11:13 / 23.05.2025