Jahon | 12:16 / 12.04.2017
22478
4 daqiqa o‘qiladi

Suriyalik ota: «O‘g‘limga Donald deb ism qo‘yaman»

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp hech kim kutmagan ishlarni qilishda davom etadi. U ijtimoiy tarmoqlardan o‘zining siyosiy propagandasi uchun faol foydalanib kelmoqda.

AQShning oldingi prezidetni Barak Obama ishlatgan @Potus akkaunti (President of The United States of America) Tramp prezident bo‘lgach, 15 millionta folloveri bilan birga janob Donaldga o‘tgan edi. Biroq Tramp o‘zining shaxsiy akkauntidan ham voz kechishni xohlamadi.

Tramp Suriyadagi aviabazaga berilgan zarbadan keyin tvitterda yanada faollashdi. Uning Fox News bilan quyuq aloqada ekani ko‘pchilikka ma'lum. Prezident Fox News saytida berilgan bir maqolani o‘quvchilari bilan bo‘lishdi. Unda suriyaliklarning aviabazaga berilgan zarbadan quvonishgani haqida hikoya qilinadi. Manbada yozilishicha, odamlar o‘sha aviabazadan turib odamlarga qarata kimyoviy qurol ishlatilganiga ishonishadi.

«Asadning kimyoviy hujumlaridan jabrlangan Suriya fuqarosi sifatida janob Trampga minnatdorchili bildiraman. Yaratgan sizni asrasin, ser»,- deb yozadi @QZakarya nomli akkaunt egasi.

«Suriya fuqarosi sifatida mana shunday so‘zlarni aytaman deb o‘ylamagandim: Rahmat sizga, janob Tramp. Iltimos shunday zarbalardan ko‘proq bering»,- deb yozadi @miladkawas nikli foydalanuvchi.

Keyinroq bu propagandaga Daily Telegraph gazetasining Yaqin Sharq bo‘yicha sharhlovchisi Rut Sherlok xonim qo‘shildi. Sherlok xonim o‘zining verified akkauntida shunday yozadi: «@QZakarya bilan telefonda gaplashdim. U Trampning harakatini shunday baholadi: «O‘g‘limga Donald deb ism qo‘yaman. Qahramonning nomini».

Lekin nima uchundir @QZakarya nikli foydalanuvchi o‘z sahifasi orqali Trampga boshqa gaplarni yozgan va farzandiga uning «qahramonona» nomini berishi haqida gapirmagan. Ta'kidlash joiz, tvitterning arab olamidagi vakillari Trampni Abu Ivanka deb atashmoqda, ya'ni Ivankaning otasi.

Avvalroq Ivanka Tramp tvitterdagi sahifasida Suriyaga berilgan zarbalardan keyin o‘z otasi bilan faxrlanganini aytgan edi.

Britaniya nashrlarining yozishicha, Trampning hujum haqidagi qaroriga aynan Ivanka ta'sir ko‘rsatgan. Bunga Tramning o‘g‘li shunday izoh bergan: «Ivanka avvalo ona. Uning har bir so‘zi otam uchun ahamiyatli. Ivanka «Ota, bu daxshat, tushunyapsizmi», degan bo‘lishi mumkin».

Mavzuga oid