Jizzax viloyati hokimligi rahbariyati tarkibida o‘zgarish yuz berdi
Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Xolmatov Rustam Qurbonnazarovich tayinlandi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
R.Xolmatov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani “Oqqo‘rg‘on” shirkatlar birlashmasi bosh iqtisodchisi, Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari – viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimi, “Paxtasanoat Ilmiy Markazi” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish va iqtisod bo‘limi boshlig‘i, shu aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.
Bu lavozimda shu vaqtgacha Do‘stlik tumani hokimi Aripov Akram Oromovich faoliyat yuritayotgan edi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024