O‘zbekiston | 18:34 / 18.04.2017
6569
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov AQSh elchisi bilan o‘zaro munosabatlar istiqbollarini muhokama qildi

18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.

TIV matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-AQSh munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot chog‘ida 2017 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan turli darajalardagi ikki tomonlama uchrashuvlar jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.

Mavzuga oid