Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklarning Rossiyaga kirish taqiqi qanday olib tashlanadi?
Rossiyada bo‘lish, migratsiya hisobida turish yoki mehnat bilan shug‘ullanish qoidalarini buzgan xorijiy davlat fuqarolariga nisbatan Rossiya qonunchiligiga binoan jarima va sud qaroriga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi hududidan chiqarib yuborish va Rossiya hududiga kirishga cheklov qo‘yish choralari qo‘llaniladi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma'lum qilishicha, Rossiyaga kirish huquqi cheklangan shaxslar Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan taqdirda ma'muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Kirish taqiqi to‘g‘risidagi ma'lumotni Rossiya Ichki ishlar vazirligining www.fms.gov.ru veb-sahifasidan olish mumkin
Rossiyaning vakolatli organlarining kirishga ruxsat bermaslik to‘g‘risidagi qarorini tegishli sud instansiyalariga yoki Rossiya IIV Migratsiya masalari bo‘yicha boshqarmasining yuqori turuvchi organiga qonuniy tarzda shikoyat qilish orqali bekor qilish mumkin.
1993 yil 22 yanvarda Minsk shahrida imzolangan Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam hamda huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Konventsiyaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya IIVning hududiy bo‘linmalariga yoki Rossiyaga kirishga taqiq qo‘ygan organga www.mvd.rf va www.ps.fsb.ru veb-sahifalarining elektron manzillariga o‘z arizalarini jo‘natish orqali murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
17:55 / 23.05.2025
Rossiyada migrantlarning ayrim farzandlari rus tili imtihonidan ozod qilindi
16:53 / 23.05.2025