QVP mudirlari mahalla oldida hisobot bermoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2017 yil 24 fevraldagi qarori bilan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta'minotini yanada yaxshilash, shuningdek ushbu sohada qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq etishni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tuzilgan edi. Mazkur Qarorning samarali ijro etilishini ta'minlash maqsadida komissiya tomonidan muayyan ishlar olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Qonunchilik palatasi rasmiy sayti.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xo‘jayeva 1 may kuni Farg‘ona viloyati Beshariq va Furqat tumanlaridagi Tovul va Beshkapa mahalla fuqarolar yig‘inining qo‘shma yig‘ilishida ishtirok etdi. Kun tartibida Tovul oilaviy poliklinikasi mudirasi Z. Aliqulovaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasidagi hisoboti eshitildi. Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan hisobot yig‘ilishida aholi sog‘lig‘ini saqlash, dori vositalari bilan ta'minlash, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, patranaj xizmati va profilaktik ko‘riklar tahlili atroflicha muhokama etildi. Shuningdek, qishloq aholisining kasallanish ko‘rsatkichlari, ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar – OITS, sil, onkologik va boshqa kasalliklarning qayd etilish statistikasi tahlil etildi. Fuqarolarning sohaga dahldor savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Xuddi shunday yig‘ilishlar Furqat tumanidagi Begobod QVPda ham bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi deputati, tuman hokimi o‘rinbosari Z. Alixo‘jayeva, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i O. Saidahmedovlar qatnashdilar. Yig‘ilishlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M. Xo‘jayeva sog‘liqni saqlash sohasida qabul qilingan Prezident qaror va farmonlari mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosi yuzasidan Respublikada olib borilayotgan ishlar haqida batafsil tushuncha berdi.
Mavzuga oid
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
18:19 / 21.09.2024
Tadbirkordan yagona ro‘yxatga kiritilmagan hisobotni talab qilish jarimaga sabab bo‘ladi
23:02 / 26.08.2024
AQSh politsiyasi jinoyatlarga oid hisobotlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanishni boshladi
10:30 / 16.08.2024