Ukraina 2017 yilda AQShdan qancha pul kutayotganini ma'lum qildi
Ukrainaning AQShdagi elchixonasining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilindiki, 2017 yilda Vashington Kiyevga 560 million dollar miqdorida moliyaviy yordam berishi kutilmoqda.
«AQSh Kongressida 2017 yil uchun byudjyet ajratmalari bo‘yicha qonun loyihasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, yordam dasturi doirasida Ukrainaga kamida 560 million dollar berilishi rejalashtirilgan», deyilgan elchixona bayonotida.
Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ o‘tgan yildagiga qaraganda 27 million dollarga ortiqdir. Elchixona xabarida aytilishicha, Kiyevga harbiy xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘ kamida 238 million dollarni tashkil etadi.
Qonun loyihasi hali Senat va Vakillar palatasi tasdig‘idan o‘tishi kerak. Bu 5 may kuni aniq bo‘ladi, loyiha ma'qullansa, prezident tomonidan imzolanishi mumkin.
Bundan oldinroq AQSh Davlat departamenti Ukraina va boshqa bir qator mamlakatlarga moliyaviy yordamni kamaytirgani, boshqalariga ko‘paytirgani, bunday davlatlar qatorida O‘zbekiston ham borligi xabar qilingandi.
Foreign Policy AQSh Ukrainaga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamni 68,8 foizga qisqartirib, rejalashtirilgan 570 million o‘rniga 177 million dollar ajratishi haqida yozgandi.
AQSh Davlat departamenti Ukrainaga moliyaviy yordamni kesib, O‘zbekistonga ko‘paytirmoqda
Mavzuga oid
22:08 / 23.11.2024
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
17:55 / 23.11.2024
WSJ: Ukraina o‘zining ballistik raketasini yaratish ustida ish olib bormoqda
13:12 / 23.11.2024
Kursk oblastida yashovchi 46 kishi Ukrainadan qaytib keldi
11:31 / 23.11.2024