Jahon | 09:53 / 04.05.2017
24421
1 daqiqa o‘qiladi

Qirolicha Yelizaveta xonadonida favqulodda holat: Nashrlar muhim xabar kutmoqda

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya qirollik qarorgohlarining barcha xodimlari Londonga yetib kelgan, qirollik xonadonida shoshilinch yig‘ilish chaqirilgan. Daily Mail xabariga ko‘ra, ular bugun tongda Bukingem saroyida Lord-kamerger va qirolicha Yelizaveta Ikkinchining shaxsiy kotibi Kristofer Geyd bilan uchrashishi kutilmoqda.

OAV ma'lumotiga ko‘ra, bu shoshilinch yig‘ilish sababini aniqlay olmayapti va "barchasi o‘zgachaligi" haqida yozmoqda. Bu yig‘ilish haqidagi xabar oddiy britaniyaliklarni sergaklikka chaqirdi, ular ijtimoiy tarmoqlarda turli taxminlarini bildirishmoqda.

Frantsuz nashrlarida esa qirolichaning turmush o‘rtog‘i Edinburg hertsogi vafot etgani haqida yozilmoqda.

Shuningdek, qirolicha vafot etgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.

Katta ehtimol bilan Buyuk Britaniyadagi barcha nashrlar qirolicha yoki gersog o‘limi uchun ta'ziya sonlarni allaqachon tayyorlab qo‘ygan.

Hozircha saroydagilar bo‘layotgan voqealarga izoh bermayapti.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid