Jizzax viloyati Zafarobod tumani hokimi o‘zgardi
Jizzax viloyati Zafarobod tuman Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari o‘ttiz uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Muqaddam viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining iqtisodiyot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlagan O‘tkir Javbo‘riyev Zafarobod tumani hokimi etib tayinlandi.
Sessiyada viloyat hokimi Ulug‘bek Uzakov so‘zga chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlar tumanda yetarlicha samara bermayotgani, yoshlar bilan ishlash, bandlikni ta'minlash, tomorqa xo‘jaligini rivojlantirish talab darajasida emasligini tanqid qildi.
Shu paytgacha tuman hokimi lavozimida Isroilov Alisher Xudjamovich faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Mavzuga oid

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025