Fan-texnika | 18:54 / 18.05.2017
3475
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada politsiya elektromobillari sinovdan o‘tkazildi

Foto: Scripps Media

Shvetsiya politsiyasi elektromobillarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Hammasi bo‘lib to‘qqizta elektrokar testdan o‘tkazilgan.

Shvetsiya milliy politsiyasi vakili Henrik Langmarkning ta'kidlashicha, elektromobillar faqat qisqa masofalar, jumladan, uchrashuvlar yoki qo‘lga olish jarayoniga borish va kishilarni so‘rab-surishtirish uchun ishlatilgan, biroq bironta ham elektrokardan patrul mashinasi sifatida foydalanilmagan.

Shvetsiya politsiyasi elektromobillarni 2030 yilga borib yoqilg‘idan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha dastur doirasida sinovdan o‘tkazmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid