Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hongkonglik talabalar samolyot javonlarida joy yetishmovchiligi muammosini hal qilishdi
Hongkong universiteti talabalari samolyot yuk javonlaridagi joy yetishmovchiligi muammosini hal qilishdi. Ular o‘rindiqlar ostiga joylangan kichik yig‘iluvchi seksiyani ixtiro qilishdi. Daily Mail'da ma'lum qilinishicha, ularning ixtirosi Tuluzada bo‘lib o‘tgan Airbus' 2017 Fly Your Ideas tanlovida birinchi o‘rinni egallagan.
Shaxsiy buyumlar (ryukzaklar, sumkalar)ga mo‘ljallangan javon qarshi tomondagi kreslo ostiga joylanadi. Ta'kidlash joizki, u yopiq holatda oyoqlarga xalaqit bermaydi.
Airbus vakilining ma'lum qilishicha, tanlovdagi hakamlar hay'ati ixtironing oddiy va samaraliligidan ajablanishgan. Jamoa musobaqadagi g‘alabasi uchun 40 ming yevro miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor
17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi
23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
23:57 / 09.05.2025