Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazon yangi smartfonlar qatorini ishlab chiqaradi
Insayderlarning ma'lumotiga ko‘ra, Amazon devayslari Android 7.1 operatsion tizimining eng yangi versiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek smartfonlarga Google'ning barcha qadrdon dasturlari (pochta, do‘kon ilovalari va b.) o‘rnatiladi.
Tarqatilgan ma'lumotlarga ishonadigan bo‘lsak, yangi qurilmalardan biri 5,2 dyuymli displey, Snapdragon 435 protsessori, 2 Gb operativ va 16 Gb ichki xotiraga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, Amazon smartfoni 13 megapikselli kamera bilan ta'minlanishi aytilmoqda.
Ice lineyka telefonlari rivojlanayotgan davlatlarda sotilishi taxmin qilinmoqda. Masalan, Hindistonda yuqorida qayd etilgan xususiyatlarga ega telefon uchun 6000 rupiy (93 dollar atrofida) so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, Amazon kompaniyasi 2014 yilda o‘zining ilk Fire Phone smartfonini taqdim etgandi.
Mavzuga oid
21:23 / 12.05.2025
Amazon 20 yil ichida kompaniya logotipini birinchi marta o‘zgartirdi
17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi
20:44 / 07.05.2025
8 yoshli bola onasining telefonidan 70 ming dona konfet buyurtma qildi
13:24 / 30.04.2025