Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» safida 10 yil o‘ynagan futbolchi jamoadan ketmoqda
«Real»ning portugaliyalik himoyachisi Pepe yozda klubni tark etayotganini tasdiqladi. Bu haqda Ispaniyadagi AS nashri xabar tarqatgan.
Pepe «Real» safida 2007 yildan buyon to‘p surib keladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, rahbariyat 1 yillik shartnoma taklif etgan, ammo u ketishga qaror qilgan.
Portugaliyalik futbolchi unga Italiyaning «Inter», Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» va APLning bir qator klublaridan takliflar mavjudligini ma'lum qilgan.
12 yil davomida «Real» sharafini himoya qilgan futbolchi o‘tgan vaqt ichida 331 uchrashuvda maydonga tushgan va madridliklar raqiblari darvozalariga 15ta gol yo‘llagan. U uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi hamda 3 karra Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi. Pepe jamoa bilan ikki martadan UYeFA Superkubogi hamda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
21:21 / 11.05.2025