Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanida talonchi qo‘lga olindi
2017 yilning 10 iyun kuni taxminan soat 12:10 larda, Ilxom Urolov Uralovich, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Olmazor tumani hududida fuqaro Qurbonova Indiraning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) oldiga kelib, qo‘lidagi bahosi 300.000 so‘mlik “IPHONE 4S” uyali telefon apparatini tortib olmoqchi bo‘lgan vaqtida, ushbu hududda xizmatni olib borayotgan Olmazor tumani IIB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25, 166-moddasi 1-qismi (o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishga suiqasd etish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
15:38 / 13.02.2025
Olmazor tumanida ishlab chiqarish korxonasi yonib ketdi
14:00 / 08.02.2025