Jamiyat | 01:32 / 16.06.2017
14745
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda golf bo‘yicha musobaqada favqulodda hodisa yuz berdi

AQShda golf bo‘yicha US Open musobaqasi o‘tayotgan joy yaqinida dirijabl quladi. Guvohlarning aytishicha, dirijabl dastlab yonib ketgan, so‘ngra undan odamlar parashyutda sakray boshlashgan.

Bu voqea haqida musobaqa ishtirokchilari ma'lum qilishgan, ular ijtimoiy tarmoqlarda dirijabl qulashining suratlari va videolarini joylashtira boshlashgan.  

Business Insider nashrining yozishicha, musobaqa tashkilotchilari voqea tafsilotlari haqida hali hech narsa aytishmagan.

CBS telekanalining ma'lum qilishicha, dirijablni o‘z xizmatlarini reklamam qilish uchun kredit kompaniyasi yollagan bo‘lgan.  

TMZ ma'lumotlariga ko‘ra, dirijabl uchuvchisi qulayotgan havo transportidan parashyutda sakray olgan, biroq kuyish jarohatlari olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid