Light | 16:29 / 25.06.2017
108730
3 daqiqa o‘qiladi

Bort kuzatuvchilari hech kimga aytmaydigan 7 sir

Har bir kasbning o‘ziga xos jihatlari bor va u qancha noyob bo‘lsa, uning sirlarini bilishga bo‘lgan qiziqish shuncha ko‘p bo‘ladi. Ayniqsa, gap sizning hayotingiz haqida ketganda - bir necha kilometrli masofada bort kuzatuvchilari odatda hech kim bilan bo‘lishmaydigan sirlarni bilish ehtimol muhim ahamiyatga ega bo‘lar. Don't Panic shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.

Elektronika parvoz vaqtida

Bort kuzatuvchilarning o‘zi telefonlardan foydalanishadi. Elektron qurilmalarni o‘chirib qo‘yishni so‘rash esa boshqa narsa uchun kerak: statistikaga ko‘ra, halokatlarning aksariyati aynan shu payt ro‘y beradi, shu bois yo‘lovchilar behudaga telefon ekraniga termulganidan ko‘ra qutqarish imkoniga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq.

Nozik, ammo kuchli

Bu punktni parvozga qadar spirtli ichimlik ichib, mojaro keltirib chiqaradiganlar diqqat bilan o‘qishlari kerak. Bort kuzatuvchilari majburiy ravishda o‘z-o‘zini himoyalash kursini o‘tashadi va zarurat tug‘ilganda "janjalkashlar"ning burnini yerga ishqalab qo‘yishlari mumkin.

Balandlikdagi o‘lim

Bu yoqimsiz bo‘lishi aniq, biroq siz to‘satdan halok bo‘lgan kishi bilan yonma-yon bo‘lib qolishingiz ham mumkin. Kamdan-kam bo‘lsa ham, shunday voqealar ham uchrab turadi. Ko‘plab aviakompaniyalar nizomida shunga doir maxsus reja ishlab chiqilgan: yo‘lovchilardan shunchaki joy almashtirish so‘raladi, belgilangan joyga tirik yetib bormagan yo‘lovchi esa o‘z o‘rnida qolaveradi.

Xoin avtopilot

Avtopilot ko‘pchilik o‘ylaganidek halokatlarni bartaraf eta olmaydi. Uchuvchilar parvoz vaqtida bekorchidek tuyulishi mumkin, biroq ularsiz samolyot faqat bir yo‘nalishda - pastga qarab harakatlangan bo‘lardi.

Ifloslik va dahshat

Imkon qadar samolyot predmetlariga qo‘l bilan tegmang, parvozdan keyin esa kiyimingizni almashtirib, dush qabul qiling. Adyol va yostiq-chi deysizmi? Yaxshisi, ulardan foydalanmaganingiz ma'qul, chunki ular har bir parvozdan keyin yuvilmaydi, shunchaki qaytadan tarqatiladi.

Joyga doir layfxak

Deraza oldida parvoz qilmoqchi edingizu kerakli joyni band qilishga ulgurmadingizmi? Joylashishga shoshilmang, barcha yo‘lovchilarni o‘tkazib yuboring. Ortingizdan eshiklar yopilganida esa bo‘sh o‘rinlardan biriga o‘tiring. Yo‘ldan boshqa yo‘lovchilar olinmasligi aniq.

Qarsakka hojat yo‘q

Parvoz oxirida uchuvchilarga qarsak chalish nafaqat ba'zi yo‘lovchilarni, balki bort kuzatuvchilarga ham yoqmas ekan. Birinchidan, eshik ortida uchuvchilarga hech narsa eshitilmaydi. Ikkinchidan, idorada ishlaringizni muvaffaqiyatli tugatganingizdan keyin sizga biror kishi qarsak chaladimi? Bu xuddi shunga o‘xshash holat.

Mavzuga oid