O‘zbekiston | 07:57 / 26.06.2017
59861
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston masjidlarida hayit namozi o‘qildi (Foto)

O‘zbekistonda muborak Ramazon hayiti keng nishonlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 20 iyundagi «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu yil ham ushbu ulug‘ ayyom O‘zbekistonda bayram sifatida keng nishonlanmoqda. 26 iyun kuni mamlakatdagi barcha jome' masjidlarida mo‘min-musulmonlar hayit namozlarini emin-erkin ado etdi. 

O‘zA’ning xabar berishicha, poytaxtdagi Hazrati Imom jome' masjidi ham erta tongdan yurtdoshlarimiz bilan gavjum bo‘ldi. Hayit namozi ma'ruzasida Prezident Shavkat Mirziyoyevning shu yil 15 iyun kuni poytaxtda o‘tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqi mazmun-mohiyatini har bir yurtdoshimiz chuqur o‘rganishi, ayniqsa, jamiyatda sog‘lom muhitni yanada mustahkamlash, yoshlar tarbiyasi, tinch-osuda hayotni, muqaddas dinimiz pokligini asrash borasida bildirgan fikrlari har bir yurtdoshimiz uchun hayotiy a'molga, ezgu vazifaga aylanishi shartligi ta'kidlandi. 

Ramazon hayiti arafasida – shu yil 23 iyunda davlat rahbarining "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinganini olim-ulamolar, ziyolilar, xalqimiz katta xursandchilik bilan qarshi oldi. Prezident g‘oyasi bilan “Jaholatga qarshi – ma'rifat” shiori ostida tashkil etilgan mazkur markaz Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasiga yondosh hududda barpo etiladi. 

Mavzuga oid