Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida hafta oxirida Namangan viloyatiga tashrif buyuradi.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Tashrif ko‘p ehtimol bilan haftaning juma kunida amalga oshirilishi mumkin. Prezident tashrifi davomida Mingbuloq neft koniga borishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident shu paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Andijon va Farg‘ona viloyatlariga tashriflar uyushtirdi, u har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025