Jahon | 12:00 / 12.07.2017
14534
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda beshta samolyotning to‘qnashuvi oldi olindi

AQShning San-Frantsisko shahri aeroportida beshta yo‘lovchi samolyotining to‘qnashuvi oldi olindi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.

Xabarga ko‘ra, Kanadaning Toronto shahridan parvoz qilgan Air Canada kompaniyasi samolyoti qo‘nish chog‘ida xato tufayli uchish-qo‘nish yo‘lagiga emas, balki to‘rtta layner bo‘lgan burilish yo‘lagiga qarab yo‘l olgan. 

Dispetcherlarning ko‘rsatmalari sabab aviahalokatning oldi olindi, deya ta'kidlaydi telekanal. Air Canada ekipajiga yana balandlikka chiqish buyrug‘i berilgan, layner ikkinchi aylanaga qarab ketgan, shundan so‘ng kerakli joyga qo‘ndi.

«Agarda bu haqiqat bo‘lsa, hodisa tarixdagi eng yirik aviahalokatga aylanishi mumkin edi», - deya ma'lum qildi United Airlines sobiq uchuvchisi Ross Aymer.

Ayni damda aeroport xodimlari va aviakompaniya vakillari hodisani tekshiruvdan o‘tkazmoqda.

Mavzuga oid