Jahon | 15:48 / 24.07.2017
5613
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning kuyovi Rossiya bilan yashirin kelishuvi yo‘q ekanini ma'lum qildi

Oq uyning katta maslahatchisi va AQSh prezidentining kuyovi Jared Kushnerning senatda chiqish qilish uchun tayyorlangan nuqtida ma'lum qilishicha, Rossiya vakillari bilan Donald Trampning prezidentlik kampaniyasi va g‘alabasidan so‘ng to‘rt bora aloqada bo‘lgan. Bu haqda Bloomberg xabar qilmoqda.

«Menda hech qanday yashirin kelishuv bo‘lmagan, men kampaniyada qandaydir xorijiy hukumat bilan til biriktirgan kishini ham tanimasdim», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Bundan tashqari, uning ma'lum qilishicha, xususiy sektordagi o‘z biznesini moliyalashtirishda Rossiyadan ehtimoliy kelishi mumkin bo‘lgan mablag‘lardan foydalanmagan.

Mavzuga oid