Jahon | 08:09 / 26.07.2017
7956
1 daqiqa o‘qiladi

NASA samolyotlari to‘liq quyosh tutilishini kuzatadi

NASA koinot agentligining ikkita WB-57°F razvedkachi samolyoti to‘liq quyosh tutilishi ortidan kuzatadilar. Ushbu astronomik hodisa AQSh hududi ustida 21 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Olimlar o‘ta yuqori sifatdagi quyosh toji suratlarini qo‘lga kiritmoqchilar. Samolyotlar Texasdan havoga ko‘tarilib, 3,5 daqiqa davomida Oy soyasi ortidan boradilar. 

15200 metr balandlikda osmon Yerdagidan 20-30 barobar qorong‘iroq, atmosfera turbulentligi kamroq bo‘ladi va bu quyosh tojining mayda tuzilishi va harakatini ko‘rish imkonini beradi. Yuqori sifatli suratlar va chastotalar nanochaqnoqlarni ko‘rishga imkon beradi. Olimlar ular tahlili asosida quyosh toji magnit to‘lqinlari harakati yo‘nalishi, kuchi va o‘lchamini bilishga umid qilmoqdalar.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid