Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung 2-chorakda rekord daromad oldi
Samsung sof daromadi 2017 yilning ikkinchi choragi yakunlariga ko‘ra 9,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya matbuot relizida aytiladi.
Bu ko‘rsatkich kompaniya uchun rekordga aylandi, deya ta'kidlamoqda The Wall Street Journal gazetasi. 2016 yil bilan taqqoslaganda, Samsung sof daromadi 89 foizga oshdi.
Ikkinchi chorakda olingan umumiy daromad 54,6 mlrd dollarni tashkil etdi, bu esa 2016 yilning shu davriga nisbatan 19,7 foizga ko‘p.
Samsung’ning tushuntirishicha, bunday natijalarga DRAM hamda NAND xotira chiplari muvaffaqiyatli sotilgani sabab erishilgan. Ulardan ma'lumotlarni serverlar hamda mobil qurilmalarda saqlash va qayta ishlashda foydalaniladi.
The Washington Post nashrining taxminicha, Samsung chorak daromad natijalari bo‘yicha ilk bor Apple hamda Intel’ni ortda qoldirishi mumkin. Bundan tashqari, Janubiy Koreya kompaniyasi yil yakunlariga ko‘ra o‘zining rekord ko‘rsatkichini yangilashga ham yaqin.
Mavzuga oid
12:51 / 06.05.2025
O‘zbekistonliklar daromadlarining o‘sishi sekinlashdi
19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi
17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda
20:08 / 25.03.2025