O‘zbekiston | 17:51 / 01.08.2017
139942
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Toshkentdagi test imtihonlarida shpargalka “ovi”

Foto: Kun.uz

1 avgust kuni O‘zbekistondagi barcha oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Xususan, «O‘zekspomarkaz» ko‘rgazmalar majmuasi binolarida Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlari o‘tkazildi. Kun.uz muxbirlari joylarda bo‘lib, jarayonni yoritishdi.

Ma'lumki, ushbu yilda Toshkent davlat yuridik universitetiga imtihon jarayonida tekshirish, kuzatish va nazorat ishlariga Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xodimlari, ichki ishlar xodimlari, bojxona, prokuratura, milliy xavfsizlik xizmati hamda universitet xodimlaridan iborat guruhlar jalb qilingan. Abituriyentlar ikki tartibda tashqi va ichki nazoratdan o‘tkazildi.

«O‘zekspomarkaz»ning ochiq hududida «Shpargalka, valyuta va boshqa buyumlarni o‘z ixtiyoringiz bilan topshirishingiz kerak. Tegishli xodimlar tomonidan topilsa, dalolatnoma tuziladi va testdan chetlatilasizlar», deya e'lon berib borildi. Abituriyentlar juda jiddiy tarzda nazoratdan o‘tkazildi, ularning hattoki oyoq kiyimlari ham yechilib, tegishli tartibda tekshirildi.

Biroq, ba'zi «uddaburon» abituriyentlar shuncha ogohlantirishlar qilinganiga qaramay, turli shpargalka va aloqa vositalarini o‘zlari bilan birga olib kirishga urindi. Ularga nisbatan tegishli tartibda dalolatnoma tuzilib, test imtihonlaridan chetlashtirildi.

 

Mavzuga oid