Fan-texnika | 00:52 / 10.08.2017
14221
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada eng uzoq aylanuvchi spinner yaratildi

Foto:SS0 Public Domain

Yaponiyaning NSK mashinasozlik kompaniyasi boshqa modellarga nisbatan uzoqroq aylanuvchi spinner yaratdi. Bu spinner 13,5 daqiqa davomida to‘xtamay aylana oladi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Ishonamizki, bizning spinner eng uzoq aylanuvchi hisoblanadi", deb aytdi kompaniya bo‘limlaridan birining boshlig‘i Tosikadza Isiya.

Rekordchi spinnerni yaratishda koinot sohasida ishlatiluvchi podshipniklardan foydalanilgan. Ta'kidlanishicha, ushbu spinnerning narxi 157 dollar turadi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid