Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya shaharlaridan birida otishma ro‘y berdi
13 avgust kuni Shvetsiyaning Malmyo shahrida otishma ro‘y berdi. Bu haqida Sydsvenskan nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, otishma binolardan birida qayd etilgan. Buning natijasida uch kishi jabrlangan, ulardan ikki nafari og‘ir ahvolda.
Taxminan 70-100 kishi voqea joyidan qochib ketgan. Bir necha kishi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
Voqea sodir bo‘lgan joyga huquq himoyachilari va tez tibbiy yordam yetib kelgan. Jabrlanganlar shifoxonaga yotqiziligan.
Manbaga ko‘ra, hozircha voqea yuzasidan hech kim qo‘lga olinmagan. Jinoyat sodir bo‘lgan joy atrofi o‘rab olingan, guvohlar so‘roq qilinmoqda va ashyoviy dalillar qidirilmoqda.
Mavzuga oid
20:17 / 25.05.2025
Dron Rossiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi hududiga ichida bo‘yoq bo‘lgan idishni tashladi
20:12 / 22.05.2025
MRB shtab-kvartirasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:42 / 13.05.2025