Fan-texnika | 09:58 / 17.08.2017
16473
5 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Samsung sovutgichlari

Samsung kompaniyasi 2016 yilning iyul oyida Artel ishlab chiqarish bazalarida Samsung brendi ostidagi sovutgichlarni ishlab chiqarishni keng ko‘lamda yo‘lga qo‘ydi.

Bunday keng ko‘lamli loyihani ishlab chiqish va yo‘lga qo‘yish Artel kompaniyasining tajribali mutaxassislari hamda “Samsung Electronics” kompaniyasining ekspertlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

O‘zbekistonda Samsung sovutgichlarini ishlab chiqarishda Artel zavodlarining tanlanishi bejiz emas. Artel zavodlarida zamonaviy asbob-uskunalar va tajribaviy iqlim laboratoriyalarining borligi, Samsung kabi jahon gigantining yuqori norma va standartlariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga yaxshi asos bo‘ladi. Ta'kidlab o‘tish lozimki, Artel mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida sifatni qattiq nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayon xatto kichik kamchiliklarni topa olishga qodir. Bu esa o‘z o‘rnida ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifatini ta'minlaydi.

Hozirgi paytda Samsung sovutgichlarining hajmi 290 va 320 litr bo‘lgan 4 ta modelini ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan. Bu modellar iste'molchilarning xohishi va talabidan kelib chiqilgan holda konfiguratsiyasi va muzlatish kamerasining joylashuvi bilan farqlanadi. Barcha sovutgichlar qator foydali ishlanmalarga ega bo‘lib A+ energosamaradorlikning yuqori sinfiga kiradi. Samsung sovutgichlarida qo‘llanilayotgan so‘nggi texnologik ishlanmalar orasida Multi Air Flow ko‘p oqimli sovutish tizimiga to‘xtalib o‘tish lozim.

Samsung sovutgichlarida Multi Air Flow zamonaviy ko‘p oqimli tizimidan foydalaniladi, u sovuq havoni barcha bo‘limlar o‘rtasida tez hamda bir hajmda taqsimlash imkonini beradi. Shu tufayli sovutgichdagi har bir mahsulot kerakli nam va sovuq miqdori bilan ta'minlanadi, bu esa mahsulotlaringiz yangi holda, uzoq vaqt davomida saqlanishini kafolatlaydi. Samsung muzlatgichlari elektr tarmoqdagi o‘zgarishlarga bardoshli bo‘lib, bosim 187 volt bo‘lganda ham ishlashi mumkin.

Yaqin o‘tmishda har bir uy bekasi albatta har oy sovutgichni eritishi lozim edi. Bu og‘ir va mashaqqatli jarayon bo‘lib, u uy bekalarining dam olish kunining yarmini qamrab olardi. Biroq endi barchasi No Frost tizimining paydo bo‘lishi bilan o‘zgardi, u tufayli muzlatish kamerasi devorlarida muzli “po‘stinlar” paydo bo‘lmaydi, sovutgich qismida esa havo aylanishi mos haroratga keltiriladi va bunda mahsulotlar yangi hamda vitaminlarga boy holda saqlanadi.

Sovutish bo‘limi hajmi 250 litrga teng bo‘lib bunday hajm katta oilaning oziq-ovqatga bo‘lgan extiyojini qondira oladi. Bundan tashqari, toblangan shishadan tayyorlangan Easy Slide chiqariluvchi polka ko‘zingizni quvontiradi. U sovutgichning orqa devori yonida joylashtirilgan mahsulotlarni osonlik bilan chiqarib olish imkonini yaratadi. Muzlatish kamerasiga keladigan bo‘lsak, SamsungRB29FERNDSA_WW va SamsungRB29FSRNDSA_WW modellaridagi 98 litrlik hajm ancha katta miqdordagi go‘sht mahsulotlarini, shuningdek, sabzavotlar va mevalarni saqlash uchun imkoniyat beradi.

Samsung muzlatgichlari invertorli kompressorlar bilan jihozlangan bo‘lib, u tejamkorligi, ishonchliligi, uzoq muddat ishlashi, shuningdek, oddiy motorlar bilan solishtirganda shovqinining past darajasi bilan ajralib turadi. Invertorli kompressor o‘z samaradorligi tufayli kam quvvat iste'mol qiladi va sizning elektr energiyasi uchun to‘lovlaringizni kamaytiradi.

Yakin orada, O‘zbekistonda ishlab chiqariluvchi Samsung muzlatgichlarining model qatori hajmi 302 va 310 litr bo‘lgan yana ikkita - RT-29 hamda RB-31 modeli bilan to‘ldirilishi rejalashtirilmoqda.

Artel zavodlarida ishlab chiqarilayotgan Samsung sovutgichlari xaridorlar talab va istaklaridan kelib chiqqan holda taqdim etilmoqda. Shubhasiz, bunday hamkorliklar aholining hayot darajasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bugunga kelib dunyoga mashhur Samsung brendi ostida ishlab chiqarilayotgan sifatli va texnologik jihozlangan mahsulotlarni xarid qilish uchun mamlakatimiz aholisiga barcha qulayliklar yaratildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid