Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Klichko nemis tilida iqtisodiyot va biznes haqida kitob yozdi
Ukrainalik bokschi Vladimir Klichko kitob yozdi, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net» portali.
Klichko Germaniya poytaxti Berlinda 29 avgust kuni «Challenge Management» («Chaqiriqlarni boshqarish») nomli kitobi taqdimotini o‘tkazgan. U iqtisodiyot va biznesga bag‘ishlangan. Klichko biznes-jarayonlarda qanday yondashuv va uslublar yuqori maqsadlarga erishishda yordam berishini tushuntirishga harakat qilgan. Kitobning o‘zi nemis tilida yozilib, nashr etildi.
Bokschining o‘zi kitob taqdimotida ikkinchi karerasi startida turgani haqida ta'kidlab o‘tdi. U xuddi birinchisi kabi yorqin bo‘lishi ham ma'lum qilingan.
Vladimir Klichko 2017 yilning 3 avgust kuni faoliyatini yakunlashi haqida ma'lum qildi. U og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempionidir.
Mavzuga oid
20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi
08:55 / 19.04.2025
Turkiyadan kelgan fuqarodan 320 mln so‘mlik qadimiy kitoblar topildi
12:19 / 12.03.2025
Nyu-Jyersidagi kutubxonadan 99 yil avval olingan kitob qaytarildi
10:29 / 06.02.2025