O‘zbekiston | 16:43 / 04.09.2017
139662
2 daqiqa o‘qiladi

Qobul Berdiyev Mudofaa vazirligidan ketdi, uning yangi ish joyi ma'lum

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Mudofaa vaziri Qobul Berdiyev lavozimini tark etdi. Bu vazirlikni sobiq Ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizov boshqaradi.

Mudofaa vazirligidan «Kun.uz»ga ma'lum qilishlaricha, general-polkovnik Qobul Berdiyev endi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasiga rahbarlik qiladi.

Qobul Berdiyev 2008 yildan buyon Mudofaa vaziri edi. U Qurolli kuchlardagi faoliyatini 1976 yildan boshlagan. 1998-2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘rinbosari, 2000-2003 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Birlashgan shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari. 2003-2006 yillarda Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti boshlig‘i. 2006-2008 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri. 2008 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining o‘rinbosari - Janubiy-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni. 2008 yil sentabridan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri.

Bundan oldinroq Ichki ishlar vazirligida Abdusalom Azizov o‘rnini Xorazm viloyati hokimi Po‘lat Bobojonov egallagani ma'lum bo‘lgandi

Mavzuga oid