Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real Sosedad» qatorasiga uchinchi o‘yinda g‘alaba qozonib, «Barselona»ga yetib oldi
Ispaniya chempionatining 3-turida «Real Sosedad» «Deportivo»ga qarshi o‘ynadi. La-Korunyadagi «Riasor» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yin boshidayoq mehmonlar Huanmi va Asera Ilyaramendining gollari evaziga oldinga chiqishdi, keyin Adrian Lopes va Florin Andone bittadan gol urib, javob qaytarishdi. O‘yin oxirida Diyego Lorente va Aser Ilyaramendi basklarning g‘alabasini ta'minladi.
Endilikda qatorasiga uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozongan «Real Sosedad» primera turnir jadvalida 9 ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinni «Barselona» bilan bo‘lishibdi. Bu jamoa avvalgi turlarda «Deportivo» (3:2) va «Vilyarreal»ni (3:0) mag‘lubiyatga uchratgandi, «Deportivo» bir ochko bilan autsayderlar qatorida.
Ispaniya chempionati, 3-tur
Deportivo – Real Sosedad 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 3 Huanmi, 0:2 – 4 Ilyarramendi, 1:2 – 27 Adrian, 2:2 – 50 Andone, 2:3 – 83 Lorente, 2:4 – 86 Ilyarramendi.
Deportivo – Tyton, Sher, Luizinyu, Xuanfran, Sidney, Kartabiya (Valverde, 64), Moskera, Gilerme, Gama (Peres, 49), Andone (Bakkali, 71), Adrian.
Real Sosedad – Ruli, Elustondo, Rodriges, Odriosola, Martines (Lorente, 66), Priyeto, Ilyarramendi, Surutusa, Yanuzay (Vela, 74), Huanmi (Kanales, 54), Villian Joze.
Ogohlantirishlar: Huanmi (44), Gilerme (47), Rodriges (54), Odriosola (80).
Mavzuga oid
03:08 / 22.03.2021
La Liga. «Barselona» mehmonda «Real Sosedad»ga 6ta gol urdi, Messi va Destdan dubl
02:59 / 02.03.2021
La Liga. «Real» 89-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib, ochkolar soni bo‘yicha «Barsa»ga yetib oldi
04:35 / 14.01.2021
Ispaniya Superkubogi. Messisiz «Barselona» ter Stegenning penaltilar seriyasidagi qahramonligi evaziga finalga chiqdi
03:10 / 17.12.2020