Jamiyat | 08:52 / 11.09.2017
8237
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda qorovul qarindoshiga pichoq urdi

Bo‘stonliq tumanida yashovchi, “Choldor” fermer xo‘jaligiga tegishli “Tuyaqush” xo‘jalik binosida qorovul, 1977 yilda tug‘ilgan E.N. ish joyida o‘zaro janjallashib qarindoshi, yakka tartibda ishchi, 1979 yilda tug‘ilgan X.D.ning qorin qismiga 1 marotaba osh pichog‘i bilan urib, unga tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabar berdi

Natijada jabrlanuvchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. 

Ushbu holat yuzasidan E.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid