Jamiyat | 20:22 / 14.09.2017
6045
1 daqiqa o‘qiladi

Angliyada ayol yozuvchi tasvirlangan 10 funt sterlinglik yangi kupyura chiqarildi

Foto: Mary Turner/Reuters

Angliya banki ayol yozuvchi Jyeyn Ostin tasvirlangan 10 funt sterlinglik yangi kupyurani muomalaga chiqardi. Bu haqda bankning saytida ma'lum qilindi.

Ma'lum qilinishicha, bunday kupyuradan 1 mlrd donadan ko‘proq bosilgan.

“Yangi 10 funt sterlinglik kupyuralar polimerda bosiladi, bu esa uni xavfsizroq va tozaroq qiladi. Shuningdek, kupyuraga ko‘zi ojiz odamlarga yordam berish maqsadida taktil belgilar tushiriladi”, deb aytilgan xabarda.

Bankning ta'kidlashicha, yangi banknotalarni unda qo‘llangan yangi belgilar sababli qalbakilashtirish mushkuldir.

Avvalroq Angliya banki hayvonlar yog‘i qo‘llangan kupyuralarni chiqarishda davom etishi ma'lum qilingandi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid