Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» bugun bosh murabbiy iste'fosi masalasini ko‘rib chiqadi
«Bavariya» bosh murabbiy Karlo Anchelottini o‘z lavozimidan ozod qilishi mumkin. Bu haqda nemis tabloidi Bild xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, myunxenliklar klubi rahbariyati Parijdan qaytib kelganidan so‘ng bugun kechki vaqt shoshilinch majlis chaqirgan. «Bavariya»ning Fransiyadagi «PSJ»ga yirik hisobdagi mag‘lubiyati (0:3) bunga sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.
Yig‘ilishda klub rahbariyati Anchelottining kelajagini muhokama qiladi. Qayd qilinishicha, murabbiyni iste'foga chiqarish masalasi ham kun tartibiga qo‘yiladi.
«Bavariya» direktorlar kengashi raisi Karl-Haynts Rummenigge va sport direktor Hasan Salihamidjich Anchelotti bilan bog‘liq vaziyatga izoh berishni istamagan. Agar italiyalik mutaxassis iste'foga chiqariladigan taqdirda uning o‘rniga Villi Sanol vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkin.
Mavzuga oid
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
07:58 / 05.05.2025