Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimirdagi YTH oqibatida vafot etgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi ma'lumotiga ko‘ra, joriy yilning 9 oktabr kuni Vladimir viloyatidagi o‘zbek diasporasi ko‘magida, YTH oqibatida vafot etgan, avval shaxsi aniqlanmagan fuqaroning shaxsi aniqlandi. U O‘zbekiston Respublikasining 1979 yil 7 mart kuni tug‘ilgan fuqarosi Usmonov Jo‘rabek Jumayevich bo‘lib, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Sheroziy mahallasida istiqomat qilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hozirgi kunda vafot etgan fuqaroning jasadini O‘zbekistonga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, YTH oqibatida jarohatlangan 6 yoshli qizcha joriy yilning 10 oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi FVVning vertolyotida Moskva shahriga davolanish uchun olib kelingan bo‘lib, uchish davomida uning ahvoli yomonlashmagan, qizchaga vrachlar tomonidan zaruriy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 26.12.2024
Vladimir oblastida haydovchi harbiy komissarlikka borib urildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024