Markaziy Osiyoda mustaqillik yillarida barpo etilgan 10ta zamonaviy inshoot
Ashxoboddagi antiqa ko‘rinishdagi aeroportdan Dushanbedagi bayroq ustunigacha. The Guardian Markaziy Osiyoda mustaqillik yillarida barpo etilgan 10ta zamonaviy inshootni saraladi.
1. Ashxobod xalqaro aeroporti
2016 yil foydalanishga topshirilgan umumiy qiymati 2,3 milliard dollarga teng Ashxobod xalqaro aeroporti misoli uchib ketishga tayyor lochin ko‘rinishidek barpo etilgan. Aeroport bir soatda 1600 nafar yo‘lovchi xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.
2. Baxt uyi
Turkman yulduzi tasvirlangan mazkur Baxt uyi Ashxobod shahrida qurib bitkazilgan. Bino 11 qavatdan iborat bo‘lib, unda nikoh marosimlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan.
3. Choyxona
Ulkan qovun shaklidagi antiqa choyxona Tojikistonning Hisor shahrida joylashgan. Uning balandligi 43 metr bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2000 nafar mijozga xizmat ko‘rsata oladi.
4. Bayroq ustuni
Tojikiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan qad rostlagan ulkan bayroq ustuni bir necha yillar davomida dunyodagi eng baland bayroq ustuni sifatida e'tirof etilgandi. Uning qurilishiga naq 3,5 million dollar sarflangan.
5. Betaraflik monumenti
«Uchburchak» nomi bilan mashhur mazkur inshoot 1998 yil Turkmaniston prezidenti Saparmurod Niyozov tashabbusi bilan barpo etilgan. «Betaraflik» monumenti aslida Turkmanistonning xalqaro munosabatlarda tutgan o‘rni va maqomini ramziy ma'noda ifodalab beradi.
6. Prezident Berdimuhammedov yodgorligi
Antiqa ko‘rinishga ega yodgorlik amaldagi Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov nomi bilan ataladi. 20 metr balandlikda tasvirlangan ot ustidagi chavandoz bronzadan tayyorlangan bo‘lib, uning sirtiga 24 karatli oltin suvi yuritilgan.
7. Bo‘yterak minorasi
Ostona shahrida qad rostlagan Qozog‘iston milliy yodgorlik inshooti qadimiy afsonada ifodalangan ko‘rinish bo‘yicha qurilgan. Unda aytilishicha, baxt qushi - Samruk hayot daraxtiga in quradi. Bino balandligi 105 metrni tashkil etadi.
8. Xon Shotir ko‘ngilochar savdo markazi
Ostonada ana shunday ko‘rinishga ega yopiq savdo markazi bo‘lib, uning balandligi 150 metrdan oshadi, egallab turgani maydoni esa 10000 m2 hisoblanadi.
9. Markaziy konsert zali
Arxitekturasi italiyalik Manfredi va Luka Nikoletti tomonidan ishlangan Qozog‘istondagi Markaziy konsert zali 2009 yil foydalanishga topshirildi. Asosiy zal 3,500 tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi, shuningdek ikkita kichik musiqa zallari, restoran va barlar bor.
10. Yulduz mehmonxonasi
Besh yulduzli mehmonxona turkumiga kiruvchi Ashxoboddagi «Yulduz» binosi Turkmanistondagi eng baland inshoot hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:22 / 19.11.2024
«Markaziy Osiyo – Xitoy» quvuri orqali 14 yilda yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum qilindi
17:25 / 15.11.2024
2050 yilga borib Markaziy Osiyo muzliklarining uchdan bir qismi erib ketishi mumkin
17:42 / 14.11.2024
Markaziy Osiyo tabiiy ofatlar tufayli yalpi ichki mahsulotining 6 foizini yo‘qotishi xavfi bor
20:54 / 11.11.2024