Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: Madagaskarda uch oy ichida o‘latdan 120 kishi vafot etdi
Avgust oyining boshidan beri Madagaskarda o‘lat epidemiyasi tufayli vafot etgan insonlar soni 120 nafardan oshib ketdi. Bu haqda juma kuni Jyenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) rasmiy vakili Kristian Lindmayyer ma'lum qildi.
«25 oktabr kungi holatga ko‘ra, hammasi bo‘lib 1231 ta kasallik qayd etilgan, ular orasida o‘lat ham bor. 124 kishi hayotdan ko‘z yumdi», - dedi u. Lindmayyerning qo‘shimcha qilishicha, kasal bo‘lgan 1231 kishidan 881 nafari tuzalib ketgan.
Madagaskarda o‘lat endemik kasallik bo‘lib, u yerda har yili bu kasallikning 400 ga yaqini holati qayd etiladi. Bu yil, avvalgi holatlardan farqli o‘laroq, xastalik epidemiyasi katta shaharlarni ham qamrab oldi, bu esa uning tarqalish xavfini oshirdi. O‘tgan yillarga nisbatan o‘pka o‘latining tez tarqalishi aholining harakatlanishi tezlashgani bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
22:58 / 20.05.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalarga qarshi kurash bo‘yicha yangi global bitimni tasdiqladi
17:31 / 16.04.2025
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
08:49 / 03.04.2025
«Yangi pandemiya dunyoda hatto ertagayoq boshlanishi mumkin» - JSST bosh direktori
14:54 / 30.03.2025