Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada o‘tuvchi qishki Olimpiada chiptalari taqdim qilindi
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o‘tuvchi 2018 yilgi qishki Olimpiada tashkiliy qo‘mitasi 29 oktabrda o‘yinlar uchun chiqariladigan chiptalar dizaynini taqdim qildi, deb xabar bermoqda Yonhap axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, chiptalarga gologramma, shtrix-kod, uni xarid qiluvchi kishining ismi-sharifi va ularni qalbakilashtirishdan himoya qiluvchi boshqa elementlar tushiriladi. Tashkilotchilarning aytishicha, Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk bor mobil chiptalar joriy qilinadi.
Chiptalar 30 oktabr soat 9:00dan uchta asosiy chipta markazlarida sotila boshlanadi. Ular shuningdek 3 noyabrdan qolgan nuqtalarda, jumladan ikkita xalqaro aeroport va 19 ta temir yo‘l stansiyasida sotuvga chiqariladi. Chiptalar egalari Olimpiada vaqtida stadionlar orasida qatnovchi shattl-avtobuslarda bepul harakatlanish imkoni va yana boshqa bir qator imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Joriy haftada Gretsiyadagi Qadimiy Olimpiyada ushbu Olimpiada mash'alasini yoqish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Olimpiya o‘yinlari 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqalarda 90 ta davlatdan 2,5 mingga yaqin sportchi ishtirok etadi. Olimpiada ochilish marosimi 9 fevralda Pyongchangda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025