Jahon | 18:10 / 09.11.2017
14450
2 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Olmaotani elektrmobillarga o‘tkazmoqchi

Foto: Tengrinews

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Olmaota shahrini elektrmobillarga o‘tkazish haqida gapirdi. U bu haqda Kostanay viloyatiga tashrifi davomida ma'lum qilgan, deb xabar bermoqda qozoq OAV.

Mamlakat energetika vaziri Kanat Bozumbayev Kostanay viloyatidagi "SariarkaAvtoProm" zavodida prezidentga Qozog‘istonda yig‘ilgan elektr avtomobillar taqdimotini o‘tkazgan. "Bu elektrmobil sakkiz soat ichida to‘liq quvvatlantiriladi. Shuningdek, favqulodda quvvatlantirish imkoni ham bor – atigi 40 daqiqada", - dedi Kanat Bozumbayev.

"Quvvat olish vaqti bo‘yicha – bu uzoq. Tezlashtirish kerak. Hozir Xitoy 2040 yilga kelib butunlay elektrmobillarga o‘tishi haqida ma'lum qildi, tasavvur qilyapsizmi? Biz ham ortda qolishimiz kerak emas. Olmaotani elektrmobillarga o‘tkazish lozim", - deya ta'kidlab o‘tdi Nursulton Nazarboyev.

Oqo‘rda matbuot xizmatining xabar berishicha, prezidentga avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha bir necha sexlar ko‘rsatilgan. Shuningdek, Nazarboyevga elektrmobillar ishlab chiqarish uchun infratuzilmani rivojlantirish jarayoni haqida ma'lumot berildi.

Mavzuga oid