Sport | 21:00 / 10.11.2017
24096
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Kolumbiyalik futbolchi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda irqchilik qildi

Kolumbiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edvin Kardona Janubiy Koreyaga (1:2) qarshi o‘rtoqlik o‘yinida, raqiblarga qarata irqiy kamsituvchi harakatni amalga oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda futbolchilar orasida kichik tortishuv yuz bergan edi. Shunda 24 yoshli futbolchi ko‘z terisini barmoqlari bilan cho‘zib, koreyaliklarning ko‘zi qisiq ekaniga ishora qilib, ularning jig‘iga tegmoqchi bo‘ldi.

Yaqinda shunga o‘xshash holat AQShning MLB beysbol ligasida yuz bergan va aynan shunday harakatlari uchun, beysbolchi Yuli Gerrila beshta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Mavzuga oid