Light | 23:33 / 22.11.2017
38315
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar ozishda ko‘maklashuvchi ziravor nomini aytishdi

Foto: Poleznenko.ru

Michigan universiteti olimlari dolchin ortiqcha vazndan xalos etishi mumkinligini aniqlashdi. Bu sohaga oid tadqiqotlar natijasi o‘quv yurtining saytida e'lon qilingan.

Sichqonlar ustida olib borilgan tajribalarda aniqlanishicha, dolchinga ta'm va rang beruvchi jigarrang aldegid jonivorlarda semirish va gipreglikemiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qilar ekan. Bu tarkibiy qism yog‘ hujayralari (adipotsitlar) ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir o‘tkazadi va termogenez jarayoni yordamida energiyani yoqishga majburlaydi.

Aniqlanishicha, jigarrang aldegid ta'siri ostida lipid almashinuvi uchun mas'ul genlar hamda fermentlar va yog‘larning so‘rilishida katta xizmat qiluvchi Ucp1 i Fgf21 oqsillari soni ortgan.

Shunday qilib, oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladigan dolchin (koritsa) ortiqcha vaznga qarshi kurashishda muhim va samarali vositaga aylanishi mumkin. Biroq, ziravordan ozish uchun foydalanishni boshlab yuborishdan avval, tadqiqotlar yakunlanishini kutish lozim, deyishmoqda mutaxassislar.

Mavzuga oid