Rahmat Oqilovning hibsda saqlanish muddati uzaytirildi
Shvetsiyadagi sud Stokholmda sodir bo‘lgan va besh kishining umriga zomin bo‘lgan hujumda ayblanayotgan O‘zbekiston fuqarosini sudga qadar hibsda saqlash muddatini uzaytirdi. Stokholm tuman sudining 23 noyabr kuni ma'lum qilishicha, 39 yoshli Rahmat Oqilov 21 dekabrga qadar qamoqda bo‘ladi.
Tergovchilarning fikricha, Oqilov ichimlik yetkazishga mo‘ljallangan yuk mashinasini o‘g‘irlab, 7 aprel kuni uni Stokholm markazidagi odamlar ustiga haydab borgan. Sud bayonotida aytilishicha, Oqilov prokurorlarning hibsda saqlanish muddatini uzaytirish bo‘yicha talabiga qarshi chiqmagan. U terrorizmda gumonlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 14 aprel kuni rasmiy Toshkent Stokholmdagi teraktni sodir etgan Rahmat Oqilov IShID a'zosi bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida ma'lumot bergan.
Mavzuga oid
22:14 / 19.11.2024
Shvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan kabellarga shikast yetkazilishini qo‘poruvchilik deb baholadi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:59 / 02.11.2024
Shvetsiyada noqonuniy migrantlarga qarshi kurash kuchaytiriladi
08:00 / 16.10.2024