Jahon | 23:10 / 05.12.2017
10245
2 daqiqa o‘qiladi

BMT rohingya musulmonlariga qarshi genotsid qo‘llanganini ta'kidlab o‘tdi

Foto: aa.com.tr

BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zaid Raad al-Husayn Myanmaning Arakan shtatida rohingya musulmonlariga qarshi o‘nlab yillar davom etgan tizimli va shafqatsiz hujumlarni qoraladi. 

BMTning inson huquqlari kengashining maxsus yig‘ilishida ishtirok etgan oliy komissar Myanmadagi voqealarda genotsid unsurlari borligini birinchi marta ta'kidlab o‘tdi.

Al-Husayn kengashni Arakan musulmonlariga qarshi zo‘ravonliklar tugatilishi uchun zaruriy choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Oliy komissar, shuningdek, kengashni Arakan musulmonlariga qarshi qo‘llangan jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha yangi mustaqil mexanizmni tashkil etishga chaqirdi.   

Uning aytishicha, rohingya musulmonlari uzoq yillardan beri Myanma fuqarolari deb tan olinmaydi, ular turli hujumlar, tahqirlash va ta'qiblarga uchraydilar.

“Ular o‘ldirilmoqdalar, zo‘ravonlikka uchramoqdalar, ularning uylari, qishloqlari vayron qilinib, ularga jiddiy moddiy zarar yetkazilmoqda. Bu barcha hodisalar hisobga olinsa, genotsid unsurlari borligini kimdir inkor eta oladimi?”, deb aytgan al-Husayn. 

Al-Husaynning ta'kidlashicha, 25 avgustdan keyin Bangladeshga qochgan rohingyalar soni 626 mingni tashkil qilmoqda. BMTning uchta delegatsiyasi Bangladeshga vaziyatni joyida o‘rganish uchun jo‘nab ketgan.

Mavzuga oid