Sport | 10:10 / 07.12.2017
7128
2 daqiqa o‘qiladi

«Spartak» TsSKAning antirekordini yangiladi

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turi uchrashuvlari doirasida «Liverpul» Moskvaning «Spartak» klubini mag‘lub etdi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 7:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bu mag‘lubiyat Rossiya klublarining yevrokuboklardagi eng yirik mag‘lubiyatiga aylandi. Shu vaqtgacha rus klublari hech qachon xalqaro maydonda 6tadan ortiq to‘p farqi bilan yutqazmagandi.

Bu natija orqali «Spartak» Moskvaning boshqa bir jamoasi TsSKA tomonidan qayd etilgan antirekordni yangiladi. «Armiyachilar» 1993 yilning 17 martida Chempionlar ligasi doirasida «Marsel»ga  0:6 hisobida yutqazgandi.

1993 yilning 14 sentabrida UYeFA Kubogining 1/32 finalida «Dinamo» «Ayntraxt»ga (Frankfurt-Mayn) 0:6 hisobida yutqazgan.

«Spartak»ning turnirdagi bundan avvalgi eng yirik mag‘lubiyati 2002/03 yilgi mavsumda qayd etilgandi. O‘shanda ham jamoa «Liverpul»ga YeChL uchrashuvida 0:5 hisobida yutqazgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid