O‘zbekiston | 11:20 / 13.12.2017
12576
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston uchun Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyasi kuchga kirdi

Foto: Shareyouressays

2017 yilning 12 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun 1948 yil 9 iyulda San-Frantsisko shahrida (AQSh) imzolangan Xalqaro mehnat tashkilotining birlashmalar erkinligi va kasaba uyushmalariga birlashish huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi 87-sonli Konventsiyasi kuchga kirdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bergan.

O‘zbekistonning ushbu Konventsiyaga qo‘shilishi 1948 yildagi Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklaratsiyasida o‘z ifodasini topgan, har bir insonning uyushmalarga birlashish huquqini kafolatlovchi va inson huquqlarini himoya qiluvchi umume'tirof etilgan me'yorlarga hamda Xalqaro mehnat tashkilotining fundamental konvensiyalariga O‘zbekiston sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

Hujjat ilg‘or xalqaro tajriba asosida kasaba uyushmalarini yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.

Mavzuga oid